“Autolib.uz” milliy kutubxona axborot tizimi dasturining taqdimoti bо‘lib о‘tdi

E'lonlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PF-6079-son Farmoni 21-ilovasi 17-bandi bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga “Oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari, yosh tadqiqotchilari, talabalari uchun ilgʻor badiiy, ilmiy va oʻquv adabiyotlar elektron kataloglarini integratsiya qilgan holda yagona “Raqamli kutubxona” axborot tizimini joriy etish vazifasi yuklatilgan.  18-dekabr kuni Toshkent texnika universiteti Yapon markazida. Texnika universiteti talabalari tomonidan yaratilgan Avtolib.uz kutubxona milliy dasturi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Taqdimotda Toshkent shaxri va toshkent viloyati oliy taʼlim muassasalaridan 53 nafar, viloyatlardan 68 nafar axborot-resurs markazi raxbarlari va xodimlari ishtrok etishdi. Taqdimotda  Oliy taʼlimni Rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarini tatbiq etish markazi direktori birinchi oʻrinbosari Esanov Muzaffar Xashimovich,Elektron taʼlimni joriy qilish markazi direktori Alisher Abdullayev, texnika universiteti “Ilmiy inovasion ishlarni tijoratlashtirish” boʻlimi boshligʻi Ilxom Nasriddinov qatnashdilar. Oliy taʼlimni Rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarini tatbiq etish markazi direktori birinchi oʻrinbosari Esanov Muzaffar Xashimovich kirish soʻzi bilan ochib berdi. Avtolib.uz kutubxona milliy dasturi muallafi Xamidov Diyor dasturning afzaliklari va qulayliklari xaqida maʼlumot berdi. Avtolib.uz  dasturini taqdimoti axborot-resursi markazi xodimlari tomonidan ijobiy qabul qilindi va dastur boʻyicha munozara boʻlib oʻtdi.