OLIY TAʼLIMNI RIVOJLANTIRISH TADQIQOTLARI VA ILGʻOR TEXNOLOGIYALARNI TADBIQ ETISH MARKAZIGA RAHBAR TAYINLANDI

E'lonlar

Joriy yilning 22-oktyabr kuni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov boshchiligida Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazi faoliyatiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Majlisda markaz faoliyati natijadorligini oshirish, bugungi kunda oliy taʼlim tizimi oldida turgan dolzarb muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikrlar bildirildi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov tomonidan Markazning faoliyat samaradorligini oshirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Yigʻilish yakunida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2021-yil 21-oktyabrdagi 340-k sonli buyrugʻi bilan markaz direktori lavozimiga tayinlangan Yakubov Shuxrat Ummataliyevich markaz jamoasiga tanishtirildi.

Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari

va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazi

matbuot xizmati