TIL-MILLAT KO'ZGUSI

Yangiliklar

Sergeli tumanidagi 322-umumta'lim maktabida O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 32 yil to'lgani munosabati bilan "Til – millat ko'zgusi" shiori ostida tadbir bo'lib o'tdi.

 

 

Tadbirni shu maktabning ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari Gulchehra G'ofurova va Orzigul Yarasheva olib bordi.

Yig’ilishga Muqimiy nomidagi musiqali drama teatri aktyori Bahrom Boltayev,  shoirlar Shuhrat Orif hamda Javlon Javliyev, Sergeli tuman hokimi  maslahatchisi Anvar Jabborov, Sergeli tumani ona tili va adabiyot fani uslubchisi Nurxon Boqiyeva, tuman ma'naviyat ishlar bo'yicha sho'ba mudiri Orzigul Egamberdiyeva kabi ustozlar tazhrif buyurishdi.

Shuningdek, tadbirda oily ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg’or texnologiyalarni tatbiq etish markazi bosh mutaxassisi, O’zbekiston san’at arbobi Dadaxon Yoqubov ham ishtirok etib, “Davlat tili haqida”gi qonunning qabul qilinishi bilan bog’liq xotiralarini so’zlab berdi.

 

 Anjumanda tilimizni ulug’lovchi badiiy ijod namunalari va kuy-qo’shiqlar tarannum etildi.

Ustoz  Dilmira Abdumajidovaning tavallud ayyomi ham bayram shukuhini oshirdi.

 O'quvchilar sahna ko'rinisylari ijro etishib, o'zaro bellashdilar.

                                                                             Markaz matbuot xizmati