Hukumat qarori (655-son, 22.10.2021-y.) bilan Oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

E'lonlar

Qarorga koʻra, oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari quyidagilar:

  • Ichki ishlar vazirligi akademiyasi;
  • Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti. 

Mazkur ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlanadi.

Bakalavriat ta’lim yoʻnalishida oʻqitish kunduzgi, masofaviy va sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim shakllarida amalga oshiriladi.

Kunduzgi ta’lim shaklida oʻqish kamida 3 yil davom etadi.

Bakalavriatda ishlab chiqarishdan ajralmagan holda (masofaviy), sirtqi ta’lim davomiyligi oliy ma’lumotga ega boʻlmagan xodimlar uchun kamida 4 yil, oliy ma’lumotga egalar uchun 3 yil etib belgilanadi.

Kursantlar 1-bosqich ta’lim muddati yakunlanganidan soʻng muddatli harbiy xizmatni oʻtagan hisoblanadi va ularga harbiy guvohnoma beriladi.

Magistratura mutaxassisliklarida oʻqitish kunduzgi yoki masofaviy ta’lim shakllarida amalga oshirilib, oʻqish davomiyligi kamida 1 yilni tashkil etadi. 

Shuningdek, ta’lim muassasalari boshqaruv sohasiga mutaxassis kadrlarni maqsadli tayyorlash uchun 2 bosqichli (ikki yillik) magistraturani tashkil etishi mumkin. Bunda bitiruvchilarga ilmiy va pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish imkoniyati beriladi.

Ta’lim muassasalari bitiruvchilariga diplom bilan birga vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan namunadagi koʻkrak nishoni beriladi.