Turin politexnika universiteti qoshidagi inkubatsiya markazida ilk “Demo Day” boʻlib oʻtdi

E'lonlar

Turin politexnika universiteti qoshidagi inkubatsiya markazida birinchi “Demo Day” boʻlib oʻtdi. “Demo Day” IT Park va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti tomonidan tashkil etildi.

Tadbirda Turin politexnika universiteti rektori, IT Park direktorining xalqaro faoliyat boʻyicha oʻrinbosari hamda OTM talabalari va inkubatsiya dasturi ishtirokchilari qatnashdilar.

“Demo Day”da “Eventpad”- har bir tashkilotchiga oʻz tadbirini oʻzi tashkil etishiga va oʻtkazishiga imkoniyat yaratadigan yagona platforma, “Poly.uz”- futbol maydonlarini bron qilish hamda qoʻshma futbol matchlarini tashkil etishga moʻljallangan ilova, “3D Kutubxona”- bu kitob mutolaa qilish uchun barcha qulayliklarga ega boʻlgan onlayn kutubxonani taqdim etuvchi platforma, “PMP platform”- dori-darmonlarni onlayn xarid qilish va bemor bilan onlayn konsultatsiya oʻtkazishga moʻljallangan platforma kabi 4 ta startap loyiha qatnashdi.

Hakamlar hayʼati tomonidan qoʻyilgan baholarga koʻra, “3D Kutubxona”, “Poly.uz”, “Eventpad” loyihalari eng yaxshi deb topildi va gʻoliblar pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

 

Manba: Axborot xizmati